U19. “Navbahor” peshqadamlikni saqlab qoldi

19 yoshlilar chempionatining 10-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Bugun tur doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin o‘tkazildi. “Navbahor” o‘z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi va Abror Karimovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Mazkur yutuq namanganliklarning turnir jadvalidagi peshqadamlik mavqeini saqlab qolishga xizmat qildi. “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” o‘yinida yirik hisobdagi durang qayd etildi – 3:3.

 

U19 chempionati. 10-tur

23 iyun, chorshanba

 

NAVBAHOR – DINAMO – 1:0 (0:0).

Namangan. “Yosh kuch” stadioni. 65 tomoshabin.

Hakamlar: Isroiljon Imomnazarov, A’zamjon Mahmudjonov, Islomjon Nosirov

Nazoratchi: Shuhrat Bozorov

Komissar: Umid Xolmatov

Gol: Abror Karimov (90+2)

Amalga oshirilmagan penalti: Asadbek Jo‘raboyev (75, “Navbahor”)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Davlatbek Qo‘ldoshev (53), Zuhriddin Narzullayev (59), Bexruz Rajabov (90+5).

 

QO‘QON-1912 – LOKOMOTIV – 3:3 (1:1).

Qo‘qon. 2-BO‘SM maydoni. 120 tomoshabin.

Hakamlar: Abubakir Hasanov, Aziz Meliboyev, Maqsad Esonjonov

Nazoratchi: Jamoliddin Tojiboyev

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Gollar: Ayubxon Isaqov (14, 56), Jasurbek Mahmudjonovu (79) – Saidakmal A’zamjonov (39), Baxtiyor Tojiyev (84), Sardor Xojiboyev (90+2)

Ogohlantirishlar: Boxirbek Bo‘riyev (30), Xayrullox Zokirjonov (49) – Azamat Komilov (24), Ibrohim Qurbonov (30), Muhammadyusuf Husanov (57).

mib
uzcard
cola
apex
bmb