Birinchi liganing 9-turdan qoldirilgan o‘yini o‘tkazildi. “Bunyodkor-Farm” jamoasi o‘z maydonida “Andijon-2”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda mezbonlar uch bor raqiblar darvozasini nishonga ola bilishdi. Ikkinchi bo‘limda tashabbus mehmonlar tomonida bo‘ldi, yakunda esa baribir maydon egalari g‘alaba qozonishdi. E’tiborli jihati, “qaldirg‘ochlar”ning to‘rt golidan uchtasiga Farhod O‘tkirov mualliflik qildi, uning uchta golidan ikkitasi esa penaltilardan amalaga oshirildi.
Birinchi liga. 9-tur o‘yini.
22 iyun, chorshanba
BUNYoDKOR-FARM – ANDIJON-2 – 4:2 (3:0).
Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydoni.54 tomoshabin.
Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Alisher Rahimqulov, Sardor Umirzoqov
Nazoratchi: Qahramon Yo‘ldoshev
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: Jasur Hakimov (22), Farhod O‘tkirov (39, 45-pen., 90+1-pen.) – Shaxboz Jumaboev (57), Ozod Qahhorov (89)
Ogohlantirishlar: Umar Rustamov (57), Ibrohim Bahodirov (88), Diyorbek Qo‘ziboev (90+2) - Fayzullo Nurmuhammadov (45), Fazliddin Zuhriddinov (48), Zayniddin Hamraboev (86), Xojiakbar Mo‘minov (90)
Chetlatish: Yo‘q – Muhammadali Tursunov (51).