U21. Teng kurashli o‘yinda “Bunyodkor” g‘olib bo‘ldi

21 yoshlilar chempionatining 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. Toshkentda qo‘qonliklarni qabul qilgan yosh “qaldirg‘ochlar” raqiblarini Sirojiddin Bashriddinovning yagona gola evaziga mag‘lub etishdi.

 

U21. 12-tur.

22 iyun, chorshanba

 

BUNYoDKOR – QO‘QON-1912 -  1:0 (0:0).

Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydoni. 202 tomoshabin.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Husniddin Bahodirov, Ziyovuddin Erkinov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gol: Sirojiddin Bashriddinov, 68 (1:0)

Ogohlantirishlar: Aziz Koshibxonov, 6, Bilol Tupliyev (62) -  Nodirjon Ashurmatov, 24, Abdulloh Mirkomilov, 63

Chetlatish: Yo‘q - Abdulloh Mirkomilov, 89 (ikkinchi sariq).

 

NAVBAHOR – METALLURG – 2:3 (2:1).

Namangan. “Markaziy” stadioni zaxira maydoni. 97 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Boburbek Ibrohimov, Islom Nosirov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar:  Javohir Husanov, 7 (1:0), Azizbek Xursanboyev, 23 (2:0), Shaxzodjon Ne’matjonov, 34 (2:1), Diyorbek Toirov, 86 (2:2), Shaxzodjon Ne’matjonov, 90+5-pen. (2:3).

Ogohlantirishlar: Doniyorbek Mirzaqayumov, 32, Dostonbek Abdulxayev, 42 -  Farruhbek Xojibekov, 4, Hakimxon Alamxonov, 45, Shaxzodjon Ne’matjonov, 79.

mib
uzcard
cola
apex
bmb