Birinchi liga. “Chig‘atoy” birinchi g‘alabasini nishonladi

“Chig‘atoy” – “Do‘stlik” jamoalari uchrashuvi Birinchi liganing 11-turiga yakun yasab berdi. 9 uchrushuvdan beri atigi bitta durangu, qolgan o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan “Chig‘atoy” nihoyat dastlabki g‘alabasini nishonladi – “Do‘stlik” jamoasidan 3:1 hisobida ustun keldi.

 

Birinchi liga. 11-tur.

20 iyun, dushanba

 

ChIG‘ATOY – DO‘STLIK (Oltiariq) – 3:1 (1:0).

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni. 23 tomoshabin.

Hakamlar: Shohruh Qayumov, Muzaffar Fayzullayev, Bexruz Berdibekov

Nazoratchi: Nabijon Ro‘zimov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gollar: A’zimjon Mamatqulov (16-pen.), Azizbek Ro‘ziqulov (55), Azizbek Bahromov (68) – Furqat Hasanboyev (72)

Amalga oshirilmagan penalti: Doston Meliqo‘ziyev (18, “Do‘stlik”)

Ogohlantirishlar: Davronbek Umirov (62), Samandar Sodiqov (86) – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb