
Ayollar Oliy ligasida 8-turning qoldirilgan o‘yini o‘tkazildi. O‘z maydonida AGMK-W jamoasini qabul qilgan “Sevinch” raqiblar darvozasiga javobsiz oltita gol urishning uddasidan chiqishdi. Mazkur yutuq qarshiliklarning to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir javdalining eng yuqorisidan joy olishini ta’minladi.
Oliy liga. 8-turning qoldirilgan o‘yini.
20 iyun, dushanba
SEVINCh – AGMK-W – 6:0 (3:0).
Qarshi. “Geolog” stadioni. 256 tomoshabin.
Hakamlar: Jahongir Noraliyev, Shuhrat Mirzayev, Turg‘unbek Jumaboyev
Nazoratchi: Jo‘ra Xolmurodov
Komissar: Shohruh Said
Gollar: Mahliyo Sariqova (11, 47), Malika Burxonova (14), Gulzoda Amirova (20), Nilufar Qudratova (80) – Munisa G‘iyosova (67-o‘z darv.)
“Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Tilovova, Maftuna Shoyimova, Saida Galimova (Angelina Polyushkevich, 76), Gulzoda Amirova, Yulduz Shodiyeva, Shodiya Tosheva, Lianna Narbekova (Zarina Norboyeva, 66), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova (Mehribon Egamberdiyeva, 86), Mahliyo Sariqova
AGMK-W: Akilay Sadikova, Darina Fedosenko, Feruza Turdiboyeva, Leyla Oraniyozova, Munisa G‘iyosova, Rushaniya Safina, Sevinch Qo‘chqorova (Zuhra Tursunaliyeva, 81), Shohida Tojiddinova, Gulchiroy Ibrohimova (Leyla Rustullayeva, 46), Ziyoda To‘lanboyeva, Orasta Tojiboyeva (8.Aygerim Otenazarova, 56)
Ogohlantirishlar: Yo‘q – Darina Fedosenko (85), Shohida Tojiddinova (85).