19 yoshlilar chempionatining 8-tur doirasida navbatdagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida “Dinamo” jamoasini qabul qilgan “Andijon” raqiblari darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi. To‘rt to‘pdan uchtasi Oyatillo Obidovga tegishli bo‘ldi. Turning so‘nggi uchrashuvi 13 iyunga belgilangan – “Qo‘qon-1912” – “Xorazm”.
U19 chempionati. 8-tur
11 iyun, shanba
ANDIJON – DINAMO – 4:0 (1:0).
Andijon. BO‘FM maydoni.67 tomoshabin.
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Nazoratchi: Toir Nizomov
Komissar: Azizbek Isamutdinov
Gollar: Xolmuhammad Xolmatov (9), Oyatillo Obidov (60, 68, 90)
Ogohlantirishlar: Asilbek Aysarov (30), Xojimurod Asqarov (86) – Oybek Hamraqulov (30), Javohir Gulmatov (45+1), Fayozjon Mavlonov (80).