O‘zPFL “WikiStipendiya” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi vakillari ayni damda O‘zbekistonda o‘zbek segmentidagi Wikipedia loyihasini rivojlantirishni maqsad qilgan “WikiStipendiya” marafoni tashkilotchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki tomon ham ushbu loyiha asosida samarali hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Jumladan, O‘zPFL tashabbusi bilan WikiFutbol loyihasini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unda O‘zbekiston futboliga oid barcha axborotlar, statistika, faktlar va boshqa qiziqarli ma’lumotlar o‘zbekcha Wikipediada berib borilishi ko‘zda tutilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb