“Qo‘qon-1912” futbol klubi Yagona ta’sischisining 2022-yil 30-maydagi qaroriga muvofiq Ayrapetov Grigoriy Viktorovich futbol klubi prezidenti etib tayinlandi. Mutaxassis bungacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida ishlab kelayotgandi.
2012-yildan buyon “Qo‘qon-1912” futbol klubining rahbarlik lavozimida, shu jumladan, klub prezidenti lavozimida ishlagan Tolipov Baxtiyor Odilovich avvalroq nafaqaga chiqqan bo‘lib, uning o‘rnida keyinchalik bir muddat Usmanov Asqar Karimovich futbol klubi prezidenti lavozimida faoliyat yuritdi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ayrapetovga yangi ish joyida omad hamda muvaffaqiyat tilaydi.