Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Musobaqaning hal qiluvchi final bahsida amaldagi chempion “Jizzax-Kenteks” hamda o‘tgan mavsum oltin medal sohibi “Paxtakor” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bahsda jizzaxliklar yirik hisobda g‘alaba qozonib, mavsumda “dubl” muvaffaqiyat qayd etishdi.
Futzal. O‘zbekiston kubogi.
Final. “Yunusobod” sport majmuasi.
5 may, yakshanba
PAXTAKOR – JIZZAX-KENTEKS – 0:5 (0:2). 248 tomoshabin.
Hakamlar: Nikita Afinogenov, Anatoliy Rubakov, Umid Po‘latov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Ilhomjon Hamroyev (6), Husniddin Nishonov (20, 24, 27), Elbek To‘lqinov (23)
Ogohlantirishlar: Sherzod Mustafoyev (13), Konstantin Sviridov (15), Feruz Faxriddinov (20), Sevastyan Mojayev (39) – Davron Choriyev (9), Farhod Abdumavlonov (32), Dilmurod Jumayev (39).