“Mash’al” futbol klubining nigeriyalik sobiq futbolchisi Ibe Mikael Okoro klub futbolchi bilan to‘liq hisob-kitob qilmagan deya FIFAga shikoyat qilgan edi.
Mazkur shikoyatni o‘rganib chiqqan FIFA Futbolchilar maqomi va o‘tishi qo‘mitasi joriy yilning aprel oyida “Mash’al” va Ibe Mikael Okoro o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, “Mash’al” futbol klubi zimmasiga yuklatilgan jarima to‘lovlarini 45 kun muddat ichida to‘lashi lozim ekani belgilangan edi.
Kuni kecha futbolchining vakillari FIFAga klub bu borada to‘liq to‘lovni amalga oshirmadi, deya murojaat qilishdi. Shu sababli FIFA 30-maydan e’tiboran “Mash’al” futbol klubi uchun transfer taqiqi belgiladi.