Jizzaxda futzal bo‘yicha Oliy liga va Birinchi liga vakillari o‘rtasida Pley off bahslarining dastlabkisi o‘tkazildi. Ikki g‘alabagacha belgilangan o‘yinda “Dinamo” Oliy ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan bo‘lsa, “Oil Star“ Oliy ligaga yo‘llanma olish uchun borini beryapti. Dastlabki o‘yin buxoroliklarning yutug‘i bilan yakun topdi. Ikkinchi bahs ham “Oil Star “ g‘alabasi bilan tugasa, buxoroliklar Oliy liganing yangi vakiligi aylanadi.
Futzal. Pley-off.
Jizzax. “Futbol mahorat maktabi”.
26 may, payshanba
DINAMO – OIL STAR - 1:4 (0:1). 127 tomoshabin.
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Adham Rixsiboev, Anatoliy Rubakov
Nazoratchi: Sherqul Allaev
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Muhammad Rajabov (34) – Doniyor Sa’diev (4, 28), Soxib Narzullaev (24, 38)
Ogohlantirishlar: Shahram Faxriddinov (28) – Bexruz Samiev (9),