Futzal Oliy ligasida 2021/22 yilgi mavsum o‘z nihoyasiga yetmoqda. O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi murabbiyi va futzalchisini aniqlab kelmoqda. Joriy mavsumdan eng yaxshilar so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlab olinadi.
Unda Oliy liga jamoalari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Oliy liganing 12 jamoasi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.
Mavsum 2021/22 ning eng yaxshi murabbiy bo‘lish uchun nomzodlar
Shuhrat Tashmedov (“Paxtakor”)
Aleksandr Petrov (AGMK)
Bahodir Ahmedov (“Jizzax Kenteks”)
Ahadjon Yusupov (“Lokomotiv”)
Abdulla Bo‘riyev (“Bunyodkor”)
Mavsum 2021/22 ning eng yaxshi futzalchisi bo‘lish uchun nomzodlar
Husniddin Nishonov (“Jizzax Kenteks”)
Feruz Faxriddinov (“Paxtakor”)
Muzaffar Ahadjonov (AGMK)
Akbar Usmonov (“Lokomotiv”)
Davron Choriyev (“Jizzax Kenteks”).
Shuningdek, O‘zPFL ushbu ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlaridan ham ovozlar oladi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar mavsumning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.