Coca-Cola Superliga. “Qo‘qon-1912” ikki penaltining biridan foydalandi

Coca-Cola Superliganing 9-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Uy o‘yini sifatida Yaypan stadionidan foydalanayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi “Paxtakor”ni qabul qildi va durang o‘ynadi. Qo‘qonliklar ikki penaltining biridan foydalana olishdi, yana birini, uchrashuvning boshidayoq, Murod Xolmuhammedov yo‘qqa chiqardi. “Lokomotiv” stadionidan ijara asosida foydalanayotgan “Surxon” esa “So‘g‘diyona”ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Jizzaxliklarning g‘alabasi esa turnir jadvalida peshqadam bo‘lib olishiga xizmat qildi.

 

Coca-Cola Superliga. 9-tur

18 may, chorshanba

 

QO‘QON-1912 – PAXTAKOR - 1:1  (0:0)

Yaypan. "O‘zbekiston" stadioni. 5702 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Dragan Cheran, 86 (0:1), Ivan Yosovich, 90+9- pen. (1:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Murod Xolmuhammedov, 2.

"Qo‘qon-1912": Islomjon Abdullayev (Muzaffar Abdullayev, 76), Slavko Lukich, San’at Shixov, Javohir Sidiqov (Shahzodbek Nurmatov, 76), Mo‘minjon Meliyev (Anvar Hojimirzayev, 63), Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziyev (Dilshod Rahmatullayev, 63), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Bilolxon Toshmirzayev (Jamshid Hasanov, 28), Murod Xolmuhammedov

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Oleksey Larin, Odiljon Hamrobekov,  Azizbek Turg‘unboyev (Abbos Ergashboyev, 90+8), Oliver Sharkich (Mirjahon Mirahmadov, 89), Hojimat Erkinov, Kamen Xadjiyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev, Abbosbek Fayzullayev (Dragan Cheran, 66)

Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov, 36, Dilshod Rahmatullayev, 81, Muzaffar Abdullayev, 82 – Odiljon Hamrobekov, 53, Dragan Cheran, 71, Kamen Xadjiyev, 83, Eldorbek Suyunov, 90+8

Chetlatish: Eldorbek Suyunov, 90+9.

 

SURXON – SO‘G‘DIYoNA - 2:4 (1:2).

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 835 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

VAR assistenti: Andrey Tsapenko

VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Murodbek Bobojonov, 35 (1:0), Hislat Halilov, 40 (1:1), Shohruz Norxonov,  45+5-pen. (1:2), Javohir Qahramonov, 75 (1:3), Javohir Qahramonov, 90 (1:4), Sardor Qulmatov, 90+7-o‘z darv. (2:4).

Amalga oshirilmagan penalti: Miroslav Markovich, 86.

"Surxon": Shohruhjon Eshbo‘tayev, Serxio Rodriges,Jahongir Ahmadov, Baxtiyorjon Qosimov (Miroslav Markovich, 46), Murodbek Bobojonov (Islomjon Toshpo‘latov, 90+2), Nuriddin Hasanov (Javohir Sohibov,  46), Iqboljon Malikjonov, Abdul Aziz Yusupov (Ulug‘bek Abdullayev, 90+2), Tohirjon Shamshiddinov, Behruz Shaydulov, Kamron Saydazimov (Luis Migel, 61)

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Elyor Orifov, Ayubxon No‘’manov (Behruz Shodmonov, 46), Iskandar Shaykulov, Shahboz Jo‘rabekov (Sardor Qulmatov, 52), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Boburbek Farhodov, 89), Hislat Halilov (Marat Bikmayev, 78), Artyom Filiposyan, Doniyor Abdumannopov (Javohir Qahramonov, 46), Marko Kolakovich

Ogohlantirishlar: Iqboljon Malikjonov, 42, Baxtiyorjon Qosimov, 45+3, Angel Lopez, 65  (bosh murabbiy), Abdul Aziz Yusupov, 73 – Sardor Qulmatov, 84, Bexruz Shodmonov, 90+4.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb