O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Aral Samali” futbol klubini rasman ogohlantirdi. Pro liganing 5 ta turida uchrashuv qaydnomasi bosh murabbiy tomonidan imzolanmagan.
Bunga sabab sifatida bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Temur Turdiyevning Pro litsenziyasi so‘nggi modulida tahsil olayotganini ko‘rsatish mumkin. 20-may kuni Turdiyev so‘nggi imtihonni topshiradi. 25-may sanasida esa “Aral Samali” Nukusda “Xorazm” futbolchilarini qabul qiladi.
Mazkur uchrashuvga qadar “Aral Samali” bosh murabbiy masalasini to‘la hal etishi lozim.