Coca-Cola Superliganing 8-tur o‘yinlari yakunlandi. Turning markaziy uchrashuvi maqomini olgan “So‘g‘diyona” va “Nasaf” jamoalari bahsida qarshiliklar safarda to‘p surishlariga qaramay, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Har ikkala golni Oybek Bozorov amalga oshirdi. “Paxtakor” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi. Toshkentliklar ikkita to‘p farqida oldinda borib, uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarining so‘nggisida termizliklardan gol o‘tkazib yuborishdi va g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.
Coca-Cola Superliga. 8-tur
12 may, payshanba
PAXTAKOR – SURXON - 2:2 (0:0).
Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 1122 tomoshabin.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Xushnud Suyunboyev
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
VAR hakami: Rustam Lutfullin
VAR assistenti: Edita Mirabidova
VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin
Komissar: Alisher Fayziyev
Gollar: Oliver Sharkich, 54 (1:0), Oliver Sharkich, 66 (2:0), Luis Migel, 81 (2:1), Murodbek Bobojonov, 90+3 (2:2).
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov (Shahzod Azmiddinov, 80), Oleksey Larin, Ikromjon Aliboev (Abbosbek Fayzullayev, 46), Odiljon Hamrobekov, Sardor Rashidov (Diyor Xolmatov, 87), Oliver Sharkich, Hojimat Erkinov (Azizbek Turg‘unboyev, 80), Kamen Xadjiyev, Sardor Sobirxo‘jayev (Mirjahon Mirahmadov, 90+4), Farruh Sayfiyev
"Surxon": Shohruhjon Eshbo‘tayev, Bobirjon Akbarov, Serxio Rodriges, Jahongir Ahmadov (Javohir Sohibov, 81), Baxtiyorjon Qosimov, Nuriddin Hasanov (Miroslav Markovich, 61), Iqboljon Malikjonov, Abdul Aziz Yusupov (Luis Migel, 69), Tohirjon Shamsitdinov (Ulug‘bek Abdullayev, 81), Behruz Shaydulov, Kamron Saydazimov (Murodbek Bobojonov, 61)
Ogohlantirishlar: Ikromjon Aliboyev, 32, Xojiakbar Alijonov, 74, Abbosbek Fayzullayev, 77 - Bobirjon Akbarov, 2, Nuriddin Hasanov, 22, Baxtiyorjon Qosimov, 58, Angel Lopez Perez, 68 (bosh murabbiy), Karlos Jimenez, 83 (murabbiy).
SO‘G‘DIYoNA – NASAF - 1:2 (0:1).
Jizzax. "So‘g‘diyona" stadioni. 4083 tomoshabin.
Hakamlar: Elyor Tursunov, Obid Jumayev, Jasur Rustamov, Rustam Choriyev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Ruslan Serazitdinov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Komissar: Jahongir Rahmatullayev.
Gollar: Oybek Bozorov, 30 (0:1), Shohruz Norxonov, 58-pen. (1:1), Oybek Bozorov, 74 (1:2).
"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shayqulov (Ayubxon No‘’monov, 73), Shahboz Jo‘rabekov, Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Marat Bikmayev, 60), Javohir Qahramonov (Bahodir Nasimov, 60), Behruz Shodmonov (Xislat Xalilov, 79), Luka Chermel, Yure Obsivach (Doniyor Abdumannopov, 46), Marko Kolakovich
"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov (Murodbek Rahmatov, 90+7), Dilshod Saitov, Husayin Norchayev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov (Suxrob Nurulloyev, 90+3), Marko Stanoevich (G‘olib G‘aybullayev, 90+7), Umarbek Eshmurodov, Semir Smaylagich (Bahrom Abdurahimov, 68).
Ogohlantirishlar: Luka Chermel, 14, Sardor Qulmatov, 59, Shaxboz Jo‘rabekov, 63, Shoxruz Norxonov, 65, Bexruz Shodmonov, 77, Marat Bikmayev, 86 – Sharof Muhitdinov, 55, Ro‘ziqul Berdiyev, 61 (bosh murabbiy), Oybek Bozorov, 90.
Chetlatish: Luka Chermel, 90+8 - yo‘q.