Coca-Cola Superligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan aprel oyida Superligada 2 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:2

Mirjalol Qosimov (AGMK) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 5:1

Nikola Lazarevich (“Qizilqum”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 4:0

Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 5:2


Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Ignatiy Nesterov (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 4 seyv

Avazbek O‘lmasaliyev (“Bunyodkor”) — 2 o‘yin, 1 gol, 2 assist, 12 yakkakurashlarda g‘olib, 36 marotaba to‘pga ega chiqishlar (podbory)

Yovan Jokich (“Navbahor”) — 2 o‘yin, 99 aniq uzatmalar, 11 yakkakurashlarda g‘olib, 10 marotaba raqib hujumini buzishlar (perexvaty)

Temurxo‘ja Abduholiqov (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 2 gol

Aleksandr Stanisavlevich (“Qizilqum”) — 2 o‘yin, 1 gol, 1 assist

Sahob Rashidov (“Dinamo”) — 2 o‘yin, 2 gol

Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 2 o‘yin, 2 gol

Umarali Rahmonaliyev (“Bunyodkor”) — 2 o‘yin, 2 gol, 67 aniq uzatmalar, 13 marotaba to‘pga ega chiqishlar (podbory)


Aprel oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Sanjar Tursunov (AGMK – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)

Sanjar Shoahmedov (“Olimpik” – “Qizilqum” uchrashuvida kiritgan goli)

Doniyor Abdumannopov (“Navbahor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvida kiritgan goli)

Aleksandar Yeshich (“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)

Fransis Narx (“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)

Umarali Rahmonaliyev (“Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)

Dragan Cheran (“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvida kiritgan goli)


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Shuningdek, bu yildan e’tiboran O‘zPFL ushbu ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlari hamda Coca-Cola Superligasi rasmiy brodkasteri hisoblangan SPORT TV dan ham ovozlar oladi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali aprel oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb