30-aprel – 2-may kunlari Coca-Cola Superligada 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Oldinroq tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishlaydigan rasmiy shaxslar ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lib, turning so‘nggi ikki o‘yinida VAR tizimi ishlashi masalasi ko‘chma televizion stansiyaning jadvaliga asosan keyinroq ma’lum qilinishi bildirilgandi.
Televideniye ko‘chma stansiyasining jadvalidan kelib chiqib, 2-may sanasidan o‘rin olgan “Paxtakor” – AGMK uchrashuvida Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladigan bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvida esa VAR tizimi ishlamaydi.
Coca-Cola Superliga. 6-tur
2-may, dushanba
PAXTAKOR – AGMK
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rishat Nugmanov, Shohruh A’zamov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Oleg Dachev
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
VAR assistenti: Akobirxo‘ja Shukurullayev
Komissar: Bekzod Aripov.