Birinchi liganing 1-turdan qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘z maydonida “Do‘stlik” (Oltiariq)ni qabul qilgan “Andijon-2” jamoasi hisobda uchta gol oldinda borib, yakunda o‘z darvozalaridan ikkita to‘p o‘tkazib yubordi.
Birinchi liga. 1-turning qoldirilgan o‘yini
27 aprel, chorshanba
ANDIJON-2 – DO‘STLIK (Oltiariq) – 3:2 (0:0)
Andijon. AFMM maydoni. 202 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Islom Nosirov, Boburbek Ibrohimov
Nazoratchi: Shuhrat Bozorov
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Aziz Usmonov (49, 59), Shaxboz Jumaboyev (61) – Yursinali Topvoldiyev (64), Musobek Muzaffarov (90+3)
Ogohlantirishlar: O‘ktam Abdumalikov (2), Xojiakbar Mo‘minov (70) – Yursinali Topvoldiyev (68).