Kelvin Kvasi Logo “Paxtakor-79” jamoasining yagona ta’sischisiga aylandi

2022-yilning 20-aprel kuni “Uychi Paxtakor-79” MChJ Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur Umumiy yig‘ilishda Jamiyat ta’sischilari safini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqilgan. 

Shu kungacha “Paxtakor-79” jamoasi ustav fondidagi 30 foizlik ulushga egalik qilgan G‘aniev Oybek Tohirjonovich o‘zining barcha ulushini Gana Respublikasi fuqarosi Kelvin Kvasi Logoga beg‘araz berish shartnomasiga asosan ta’sischilar safidan chiqdi. Qayd etish kerak, bundan avval bo‘lib o‘tgan Umumiy yig‘ilish yakuniga ko‘ra Kelvin Kvasi jamoaning 70 foiz ulushiga egalik qilishni boshlagandi. Endilikda Jamiyat ustav fondidagi 100 foizlik ulush ganalik investorga tegishli bo‘ldi. 

Shu bilan birga, bu borada Jamiyatning ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb