Joriy yilning 1-19-iyun kunlari O‘zbekiston yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa uchrashuvlariga “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” hamda Qarshidagi “Markaziy” o‘yingoh mezbonlik qiladi.
OFK talabiga ko‘ra, U-23 Osiyo chempionati uchrashuvlari o‘tadigan stadionlar 7 kun avval musobaqa tashklilotchilariga taqdim etilishi lozim.
Shuni inobatga olgan holda Coca-Cola Superliga 11-turi doirasidan o‘rin olgan 28-may kuniga belgilangan “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” hamda “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvlarida mezbon almashadi va birinchi davrdagi o‘yinlar mos ravishda Jizzax hamda Samarqandda o‘tkaziladi. Uchrashuv teletranslyatsiya qilinishini ta’minlash maqsadida “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi 29-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
11-tur
28-may, shanba
SO‘G‘DIYONA – PAXTAKOR
29-may, yakshanba
DINAMO – NASAF