O‘zbekiston kubogi. “Qo‘qon-1912”dan so‘ng “”Mash’al”, “So‘g‘diyona” va “Andijon” jamoalari ham nimchorak finalga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston kubogi guruh o‘yinlarining 3-tur uchrashuvlari davom etdi. “D” guruhida “Qo‘qon-1912” jamoasidan so‘ng garchi mag‘lubiyatga uchratagan bo‘lsada 4 ochko to‘plagan “Mash’al” navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi. “G‘ijduvon” va “Do‘stlik” (Oltiariq) jamoalari musobaqadan chiqib ketdi. Huddi shu kabi vaziyat “E” guruhida ham kuzatildi. “Aral Samali” bilan uchrashuvga Nukusga kela olmagan va buning oqibatida texnik mag‘lubiyat qabul qilgan “Andijon” guruhda 4 ochko bilan ikkinchi jamoa sifatida nimchorak finalchiga aylandi. O‘z maydonida “Yangiyer”ni qabul qilgan va raqib jamoa darvozasiga javobsiz beshta gol kiritgan “So‘g‘diyona” jamoasi guruhda peshqadamlik qildi. “Yangiyer” va “Aral Samali” jamoalari 3 ochkodan to‘plagan holda musobaqa yakunini kutishga majbur.

 

O‘zbekiston Coca-Cola kubogi.

Guruh bosqichi. 3-tur

20 aprel, chorshanba

 

G‘IJDUVON – DO‘STLIK (Oltiariq) - 1:1 (0:1)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni. 383 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Oybek Kalaxo‘jayev, Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Isxak Ibragimov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Asror Qurbonov, 13 (0:), Islom Boysariyev, 64 (1:1).

"G‘ijduvon": Xojiakbar Jo‘rayev, Solibek Karimov (Sardor Sulaymonov, 46),  Shavkat Rahmatov, Jamshid Hasanov (Islom Boysariyev, 46), Akbar Murodov (Rahimjon Obidov, 81), Lonji Son (Sanjar Baratov, 46), Ramis Begishev, Nodirbek Ibrohimov (Asiljon Mansurov, 72), Islom Shodmonov, Farruh Jo‘rayev,  Akrom Bahromov

"Do‘stlik":  Jasurbek Abdullayev, Abror To‘xtasinov, Oqil Mahmudov, Musobek Muzaffarov (Doston Meliqo‘ziyev, 46), Muhammadhayit Qo‘ldoshev (Furqat Hasanboyev, 70), Mo‘ydin Mamazulunov, Iqbolmirzo No‘’monov, Asror Qurbonov (Yursunali Topvoldiyev, 58), Muhiddin Yusupov (Rahmatillo O‘ktamov, 70), Javohir A’zamov, Xushnud Bozorov (Elnur Turg‘unov, 58)

Ogohlantirishlar: Akrom Bahromov, 78, Asiljon Mansurov, 83 – Javohir A’zamov, 47, Jasurbek Abdullayev, 82

Chetlatish: Yo‘q - Javohir A’zamov, 90+1 (ikkinchi sariq).

 

QO‘QON-1912 – MASh’AL  - 4:0 (2:0)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni. 138 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Jamshid Hasanov, 17 (1:0), Shahzodbek Nurmatov, 23 (2:0), San’at Shixov, 88 (3:0),  Anvarjon Xojimirzayev, 90 (4:0).

"Qo‘qon-1912": Muzaffar Abdullayev, Slavko Lukich, Dilshod Raxmatullayev (Anvarjon Xojimirzayev, 75), Jamshid Hasanov (Ilhomjon Vahobov, 46), San’at Shixov, Javohir Siddiqov, Sardorbek Azimov (Bilolxon Toshmirzayev, 46), Avazxon Mamatxo‘jayev (Quvondiq Ro‘ziyev, 46), Oybek Rustamov, Shaxzodbek Nurmatov (Murodjon Komilov, 75), Ivan Yosovich

"Mash’al":   Dostonbek To‘xtaboyev, Zafarbek Akramov, Najmiddin Normurodov, Moses Oluvadamilare, Ibrohim No‘’monov, Sirojiddin Raxmatullayev, Abdumalik Toshpo‘latov (Muhammad Yo‘ldoshev, 46), Samandar Shukrullayev, Sirojiddin Allayev (Maradona Safarov, 21), Jonibek Mirzaqulov (Abduraxmon Abdulxaqov,68), Ruslan Xojiyev (Mikola Agapov, 68)

Ogohlantirish: Shaxzodbek Nurmatov, 59 – yo‘q.  

 

SO‘G‘DIYoNA – YaNGIER - 5:0 (4:0)

Jizzax. “So‘g‘diyona” stadioni. 505 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Shohrux A’zamov, Islom Nosirov

Nazoratchi: Timur Abdullayev

Komissar: Shohrux Said

Gollar: Shahboz Jo‘rabekov, 11(1:0), Jasur Hasanov, 29 (2:0), Iskandar Shoyqulov, 39 (3:0), Shahboz Jo‘rabekov, 43 (4:0), Marko Kolakovich, 68 (5:0).

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov (Artyom Filiposyan, 46), Iskandar Shoyqulov (Abdujalil Manazarov, 59), Shahboz Jo‘rabekov (Elyor Orifov, 46), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Ayubxon No‘’monov, 46), Javohir Qahramonov (Bahodir Nasimov, 59), Behruz Shodmonov, Luka Chermel, Yuriy Obshivach, Marko Kolakovich

"Yangier": Akrom Xo‘jayev (Sarvar Husanov, 46), Abduqahhor Xojiakbarov (Bunyod Abdumannonov, 62), Nodir Yo‘ldoshev,  Said Abdujabborov (Muhriddin Odilov, 46), Siroj Meliyev, Timur Usmanov, Shohruh Holmatov (Bekzod Tolibjonov, 62), Muhriddin Rasulov (Ahror Umarjonov, 46), Suhrob Berdiyev, Asiljon Begimqulov, Bunyod Shodiyev

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Said Abdujabborov, 40, Bunyod Abdumannonov, 66, Asiljon Begimqulov, 77.

mib
uzcard
cola
apex
bmb