
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi 3-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Aral Samali” – “Andijon” uchrashuvi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Mamlakat kubogi guruh bosqichi so‘ngi turidan o‘rin olgan mazkur bahs 20-aprel sanasida Nukusda o‘tkazilishi lozim edi. Biroq “Andijon” futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani bois Nukusga safar qila olmaydigan bo‘ldi. Klub bu borada rasmiy xat taqdim qildi va jamoaning safarga chiqa olmasligini bildirdi.
Shu sababli “Aral Samali” – “Andijon” uchrashuvida “Andijon” jamoasiga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zPFL ishchi guruhi Andijonda bo‘lib turibdi.