“Buxoro” stadioni futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor

Kecha — 11-aprel O‘zPFL ishchi guruhi Buxoroda bo‘lib, markaziy stadion holatini o‘rgandi. 

Keyinchalik, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayevni qabul qilib, “Buxoro” futbol klubidagi muammolar va ularning echimi borasida suhbatlashdi. Shuningdek, kechga yaqin Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbari Akbar Fozilov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda klub kelajagi borasida, shu kungacha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan fikr almashilindi. 

“Buxoro” stadioni maysasi bilan bog‘liq muammolar hal bo‘lavermagach, sohaning asl mutaxassislari jalb qilindi. O‘rganishlar natijasida drenaj tizimi, sug‘orish mexanizmi hamda maysa parvarishi borasida qator muammolar aniqlandi. Shundan kelib chiqib, ularning barchasi to‘g‘ri yo‘nalishga tushib olishi uchun ish boshlandi. Qayd etish kerak, “Buxoro” stadionining hozirgi ish bilan o‘z vaqtida “Nasaf”, “Navbahor kabi stadionlar maysasi bilan shug‘ullangan, “Turon”, “Jar” kabi stadionlardagi ishlarga maslahatchi sifatida yordam bergan mutaxassislar shug‘ullandi. 

Maysa 25-aprelga qadar to‘la tayyor bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Pro liga 6-turidagi “Buxoro” — “Xorazm” bellashuvini asosiy arenada o‘tkazish masalasida kelishib olindi. Ayni vaqtda hokimiyat vakillari stadionni uchrashuvga tayyorlash borasidagi qolgan ishlarni davom ettirmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb