
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish uchun AQSh safariga jo‘nab ketayotganidan xabaringiz bor. Jamoa uzoq safardan 15-aprel sanasidagina qaytishi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat Oliy liga 3-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv 16-aprel sanasidan 19-aprel sanasiga ko‘chirilishiga olib keladi. Boisi, terma asosini “So‘g‘diyona-W”, “Bunyodkor-W”, “Sevinch” kabi jamoalar tashkil qiladi. Tabiiyki, qizlar uzoq safardan kelib, ertasiga maydonga tushishda qiyinchilikka duch keladi.
O‘zPFL mazkur holatni inobatga olib, “So‘g‘diyona-W” — “Sevinch” hamda “Bunyodkor-W” — “Paxtakor-W” uchrashuvlarini 19-aprelga ko‘chirishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, ayollar futbolida FIFA kunlari 12-aprelda yakuniga etadi. Oliy liga taqvimi tuzib chiqilayotgan bir vaqtda AQSh termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini kun tartibida emasdi.
Oliy liga, 3-tur
16-aprel, shanba
LOKOMOTIV-W — NEFTCHI-W
METALLURG-W — AGMK-W
NAVBAHOR-W — QIZILQUM-W
19-aprel, seshanba
SO‘G‘DIYONA-W — SEVINCH
BUNYODKOR-W — PAXTAKOR-W.