O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolayotgan mart oyida Superligada 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.
Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Slavche Voyneski (“Paxtakor”) – 3 ta o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:1
Samvel Babayan (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:1
Nikola Lazarevich (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 5:1
Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:1
Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Dragan Cheran (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist
Milan Mitrovich (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 7 seyv, 1 gol o‘tkazib yuborgan
Sherali Jo‘raev (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 1 gol, 2 assist, 22 marotaba to‘p harakat joyini to‘g‘ri tanlab, unga egalik qilgan (podbory)
Elguja Grigalashvili (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 gol
Shahboz Jo‘rabekov (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 1 gol, 37 yakkakurashlarda g‘olib
Erkin Baydullaev (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 1 gol, 20 yakkakurashlarda g‘olib, 17 marotaba to‘pga ega chiqib, raqib hujumini buzgan (perexvaty)
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”) – 3 o‘yin, 1 gol, 96 aniq uzatmalar, 13 yakkakurashlarda g‘olib.
Mart oyining eng chiroyli goliga nomzodlar
Elguja Grigalashvili (“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)
Temurxo‘ja Abduholiqov (“Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)
Sanjar Qodirqulov (“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvida kiritgan goli)
G‘ulom-Haydar Gulyamov (“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvida kiritgan goli)
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912” – “Olimpik” uchrashuvida kiritgan goli)
Erkin Baydullaev (“Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvida kiritgan goli)
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.
Shuningdek, bu yildan e’tiboran O‘zPFL ushbu ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlari hamda Coca-Cola Superligasi rasmiy brodkasteri hisoblangan SPORT TV dan ham ovozlar oladi.
Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali mart oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.