“So‘g‘diyona-W” — O‘zbekiston Superkubogi sohibi

Ayollar futboli bo‘yicha mamlakat Superkubok o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda 2021 yilgi mavsum chempioni va kubogi sohibi “So‘g‘diyona-W” jamoasi vitse-chempion “Bunyodkor-W” bilan kuch sinashdi.

Sakkizinchi marotaba tashkillashtirilgan  bahsda ilk bor ishtirok etgan jizzaxliklar Superkubokning eng ko‘p g‘olibi “Bunyodkor”ni “tor-mor” etishning uddasidan chiqdi.  Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “So‘g‘diyona-W” bosh murabbiyi mavsumning ilk o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini, jamoani tark etgan to‘qqiz nafar futbolchi o‘rniga yana shunchasini jalb etganiyu, ular bilan ham ko‘zlangan manzilga eta olishini ta’kidlagandi. So‘zining yakunida esa ertangi o‘yinga o‘ziga xos syurpriz tayyorlab qo‘yganligini ta’kidlagandi. “Bunyodkor-W” bosh murabbiyi Elmira G‘ulomova esa tajribali futbolchilari boshqa jamoalarga o‘tib ketganligi, kuchli yulduzlarni taklif etish uchun esa klubning moddiy imkoniyatlari yo‘l bermaganligiga urg‘u berib, shunday bo‘lsada faqat muvaffaqiyat qozonish uchun maydonga tushishlarini aytib o‘tgandi. O‘yinning boshidanoq jizzaxliklar shiddatli hujumga o‘tishdi. Ketma-ket hujumlar ko‘p o‘tmay samara berdi ham. Diyora Xabibullaeva avvaliga ikki-uch himoyachi orasidan aldamchi harakatlari bilan darvozani ishg‘ol etgandi. Uch-to‘rt daqiqadan so‘ng uning o‘zi darvozabonning qo‘pol xatosidan foydalanib,  bo‘sh darvozani osongina ishg‘ol etdi. Jizzaxliklarning uchinchi goli esa penaltidan kiritildi.

Oltin medal va Kubokni o‘ziniki qilgan “So‘g‘diyona-W” Superkubokni ham qo‘lga kiritib, uch “frontda” muvaffaqiyat qozondi.

SO‘G‘DIYoNA-W – BUNYoDKOR-W - 3:0 (3:0)

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 97 tomoshabin.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Amir Galeev, Farruh Yansupov

Gollar: Diyora Xabibullaeva (2, 6), Dildora Ergasheva (33-pen.)

"So‘g‘diyona-W": Nigora Uzganova (Kumushoy G‘ulomova, 85), O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Iroda Turdalieva, Nozima Kamoltoeva, Natia Danelia (Shaxnoza Qurbonova, 78), Dildora Ergasheva (Zarina Mamatkarimova, 71), Maftuna Panjieva, Tanzilya Zarbieva, Xolida Dadaboeva (Sarvinoz Komiljonova, 85), Diyoraxon Xabibullaeva, Feruza Boboxo‘jaeva (Nafisa Nabiqulova, 78)

"Bunyodkor-W": Gulandon Boymatova (Zarina Saidova, 17), Kamola Risqieva, Luyudmila Karachik, Ilvina Ablyakimova, Ayjan Boronbekova, Ziyoda Irisboeva, Marina Kosnikova, Umida Zoirova, Yulduz Nabieva, So‘g‘diyona Allamurodova (Ozoda Xojieva, 46), Aziza Norboeva (Alina Almatova, 86)

Ogohlantirishlar: Nozima Kamoltoeva (35) – Ilvina Ablyakimova (13), Ayjan Boronbekova (29).


Sherali Boboqulov, “So‘g‘diyona-W” bosh murabbiyi:

- O‘tgan mavsumni yutuqlar bilan tugatib, yangi mavsumni ham muvaffaqiyat bilan boshlayotganimiz munosabati bilan bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha jizzaxliklarni muborakbod etaman. O‘z o‘rnida ularga jamoamiz a’zolari nomidan minnatdorlik bildiraman. Olib borgan selektsiyamiz, qishki tayyorgarligimiz, taktikamizu-jismoniy va ruhiy xolatimiz pand bermadi. Nimani rejalashtirgan bo‘lsak barchasi amalga oshdi. Kecha aytgan syurprizimiz nima ekanligini aytaman – uchrashuvning boshidanoq tashabbusni o‘z qo‘limizga olishni, tezkor gollar kiritib, raqiblarimizni ruhan “sindirishni”, ularning ishongan o‘yinchisi Lyudmila Karachikni doimiy nazorat qilish va uni to‘psiz qoldirishni reja qilgandik. Qolaversa, bugun mening onamning tug‘ilgan kuni, onaizorimga g‘alabani tuhfa qilishni niyatlagandim, niyatimga etdim.

- Xolida Dadaboeva, “So‘g‘diyona-W” jamoasi  a’zosi:

- Superkubok men uchun yangilik emas, avval ham boshqa jamoa tarkibida ikki bor unga erishganman. Lekin bu galgisi boshqacha ta’sir qildi. Rasmiy musobaqalarning barchasida zafar qozondik, bu ham biz uchun bir tarix. Tashkil topganiga besh yil bo‘lgan jamoada to‘rtinchi yil o‘ynayotgan bo‘lsam futbolchilik faoliyatimni faqat shu jamoa bilan bog‘lashga qaror qilganman. Ichki musobaqalardaku barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdik, endigi navbat Osiyo miqyosida ham imkon qadar uzoqroqqa borish. Nasib qilsa OChL kubogini ham Jizzaxga olib kelamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb