O‘zbekiston kubogi. Saralash va guruh bosqichiga qur’a tashlandi, final Buxoroda bo‘ladi

Joriy mavsumda o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash hamda guruh bosqich o‘yinlariga qur’a tashlandi.

 

Marosim avvalida qur’a yordamida kubok o‘yinlarining  final uchrashuvi  qaysi stadionda o‘tkazilishi  aniqlab olindi. Oltita shaharning sakkizta stadioni da’vogarlik qilgan mezbonlik uchun qur’ada Buxoro shahriga omad kulib boqdi. O‘tgan yildan buyon ta’mirlash ishlari ketayotgan markaziy stadion kubok finaligacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oluvchi ikkita jamoa 15 ta jamoa orasidan saralanib olinishi belgilangandi. Poytaxtda, markazlashgan holda o‘tadigan sralash o‘yinlarining birinchi bosqichi 23 martda,  ikkinchi bosqichi 25 mart, uchinchi bosqichi esa 27 mart sanasida tashkil etiladi.

 

Qur’a natijalari bilan tanishing:

 

Saralash bosqichi (23 mart)

"Keles" - "Aral"

"Paxtakor-79" - "Yunired"

"Shahrixonchi" - "Chig‘atoy"

"Lokomotiv-BFK" - "Do‘stlik” (Oltiariq)

"Lochin" - "Neftgazmontaj"

"Qumqo‘rg‘on" - "Binokor"

"Andijon 2" - "Do‘stlik” (Toshkent)

"Denov" jamoasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga chiqish nasib etdi.

 

O‘zbekiston kubogining guruh o‘yinlari qur’asi natijalari:

"A" guruhi: "Qizilqum", "Navbahor", "Dinamo", "Neftchi"

 

"B" guruhi: AGMK, "Lokomotiv", "Zomin", "Xorazm"

 

"D" guruhi:  "G‘ijduvon", "Qo‘qon-1912", Saralash 1, "Mash’al"

 

"E" guruhi: "So‘g‘diyona", "Aral Samali", "Yangiyer", "Andijon"

 

"F" guruhi:  "Turon", "Sho‘rtan", Saralash 2, "Olimpik"

 

"G" guruhi: "Metallurg", "Bunyodkor", "Surxon", "Buxoro".

 

 

 

 

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb