“Bunyodkor-W” O‘zbekiston Superkubogida eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoa

Bugun Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida ayollar futboli mavsumi start oladi. Maydonda Superkubok uchun “So‘g‘diyona-W” va “Bunyodkor-W” jamoalari o‘zaro bahs yuritadi. “So‘g‘diyona” mazkur uchrashuvda ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa, “Bunyodkor-W” ketma-ket uch yil sovrinning sohibi bo‘lib kelyapti.

Mamlakatimizda ayollar o‘rtasida Superkubok o‘yini 2015-yildan buyon tashkil etilmoqda. Unda shu kungcha atigi uchta jamoa – “Sevinch”, “Bunyodkor-W” va “Metallurg-W” jamoalari qatnashgan va g‘oliblik ham aynan shu jamoalar o‘rtasida taqsimlangan.  Eng ko‘p ishtirok etish “Sevinch”ga nasib etgan. Qarshiliklar 2018-yilgi bahsda qatnashmagan, qolgan oltita o‘yinda maydonga tushib, uning ikkitasida g‘olib chiqqan. “Bunyodkor-W” esa to‘rt marotaba raqiblarga qarshi kurashgan bo‘lsa, shundan uchtasida g‘alaba qozongan. “Metallurg-W” ham to‘rt marta yagona o‘yinda qatnashgan va shundan teng yarmida muvaffaqiyat qozongan.

Eng yirik hisob 2017-yilda kuzatilgan – “Sevinch” “Metallurg-W” ustidan 5:1 hisobida ustunlikka erishgan. Etti yil ichida yagona durang o‘tgan yilgi bahsda kuzatildi. “Bunyodkor-W” va “Sevinch” uchrashuvining asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar bahsida esa “qaldirg‘ochlar”ga omad kulib boqdi.

Sakkizinchi marotaba o‘tkazilayotgan uchrashuvda eng ko‘p to‘p kiritish “Bunyodkor-W” hujumchisi Lyudmila Karachikka nasib etyapti. U raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg‘ol qilgan. Shu jamoaning endilikdagi sobiq  a’zosi Maxliyo Sariqova hamda “Sevinch” hujumchisi Nilufar Qudratova ixtiyorida ikkitadan gol bor.

 

Superkubok o‘yinlari tarixidan:

2015-yil.

Dastlabki uchrashuv. 16 aprel. Bekobod. “Metallurg” stadioni.

“METALLURG-W” (Bekobod) – “SEVINCH” (Qarshi) - 0:3

Gollar: Saida Xandamova (23), Kamola Risqieva (61), Mariya Moiseeva (70)

Javob uchrashuvi. 23 aprel. Qarshi. “Geolog” stadioni.

“SEVINCH” (Qarshi) – “METALLURG-W” (Bekobod) - 1:1

Gollar: Zebo Jo‘raeva (20) - Moxigul Ikromova (22)


2016-yil. 26-aprel. Toshkent. “JAR” stadioni.

“SEVINCH” (Qarshi) – “METALLURG-W” (Bekobod) – 0:1 (0:0).

Gol: Dildora Nozimova (50).


2017-yil. 17-aprel. Toshkent.  “JAR” stadioni.

“SEVINCH” (Qarshi) – “METALLURG-W” (Bekobod) - 5:1 (2:1)

Gollar: Nilufar Qudratova (40), Shaxnoza Qurbanova (60), Malika Burxonova (44, 61), Shaxzoda Jamolova (69) - Feruza Turdiboeva (3-pen.).


2018-yil. 28-mart. Toshkent. “JAR” stadioni.

“BUNYODKOR-W” (Toshkent) - “METALLURG-W” (Bekobod) - 1:2 (1:1)

Gollar: Luiza Sadirova (33-o‘z darv.), Lyudmila Karachik (41) - Nozimaxon Ergasheva (70).


2019-yil. 12-aprel. Toshkent.  “JAR” stadioni.

 “SEVINCH” (Qarshi) - “BUNYODKOR-W” (Toshkent) - 0:1 (0:0)

Gol: Mahliyo Sarikova (79)


2020-yil. 29-iyun. Zomin. “Zomin” markaziy stadioni

“BUNYODKOR-W” – “SEVINCH” - 4:1 (3:1)

Gollar: Umida Zoirova, 7 (1:0), Nilufar Qudratova, 11 (1:1), Lyudmila Karachik, 17 (2:1), Lyudmila Karachik, 36 (3:1), Mahliyo Sarikova, 85 (4:1)


2021-yil. 13-aprel. Olmaliq. OKMK sport majmuasi.

“BUNYODKOR-W” – “SEVINCH” - 1:1 (0:1, 1:1, 0:0) penaltilar seriyasi - 4:3

Gollar: Lyudmila Karachik (56) - Malika Burxonova (39)


2022-yil. 19-mart. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni.

“SO‘G‘DIYONA-W” – “BUNYODKOR-W”.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb