U-21. Ikkala o‘yinda ham durang, uchta jamoada bir xil ko‘rsatkich

21 yoshlilar chempionatida navbatdagi kun o‘yinlari o‘tkazildi. Ikkita uchrashuvning ikkalasida ham durang qayd etildi. O‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qilgan “Navbahor” g‘alabaga teng durangni qabul qilib oldi. Sababi, birinchi bo‘limning o‘zida mehmonlar ikkita gol farqi bilan hisobda oldinga chiqib olishgandi, mezbonlar esa ketma-ket uchta gol urishib, bo‘limning o‘zida hisobni o‘z foydalariga ag‘darishgandi. Ikkinchi bo‘limda tomoshabinlar bitta gol ko‘rishdi – qo‘qonliklar hisobni tenglashtirishdi. Vaholanki, mehmonlar ortlariga g‘alaba bilan qaytishlari mumkin edi, biroq ular tomonidan tepilgan ikkita penaltini darvozabon Ozodbek Ma’rupov mahorat bilan qaytarishga erishdi. “Dinamo” va “Qizilqum” uchrashuvida esa hisob ochilmadi. Mazkur natijalardan so‘ng “Navbahor”, “Qo‘qon-1912” va “Dinamo” jamoalari bir xil natija ko‘rsatib, turnir jadvalida ham birin-ketin turishibdi.  

 

U-21. 3-tur.

18 mart, juma

 

NAVBAHOR – QO‘QON-1912 – 3:3 (3:2).

Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni. 359 tomoshabin.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Islomjon Nosirov, Bobur Ibrohimov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Murodjon Komilov, 5 (0:1), Xabibjon Sharipov, 13 (0:2), Javohir Husanov, 28-pen. (1:2), Asadbek Jo‘raboyev, 32 (2:2), Navro‘zbek Iminjonov, 42 (3:2),  Murodjon Komilov, 76 (3:3)

Amalga oshirilmagan penalti: Diyorbek Jaloldinov, 3, Muhsinjon Normatov, 70 (ikkalasi ham “Qo‘qon-1912”dan)

Ogohlantirishlar: Javohir Husanov, 37, Asadbek Jo‘raboyev, 67, Dostonbek Abdulxayev, 85, Doniyorbek Mirzaqayumov, 90+3 – Abdullajon Yunusov, 27, Aziz To‘xtaboyev, 29 (murabbiy), Muhammadrizo Vaxobov, 61, Rasuljon Abdurahmonov, 70

Chetlatish: Yo‘q - Rasuljon Abdurahmonov, 78 (ikkinchi sariq)

 

DINAMO – QIZILQUM – 0:0.

Samarqand. “Dinamo” stadioni. 378 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Aziz Axtamov, Abror To‘ychiyev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jamshid Imamov

Ogohlantirishlar: Doston Foteyev, 25, Jasur Hamroyev, 58 (bosh murabbiy), Javlonbek Malikov, 77 -  Xo‘jamurod Tursunov, 30, Azamatxon Maksumov, 40.

mib
uzcard
cola
apex
bmb