U-21. “Olimpik” o‘rinbosarlari ham “Paxtakor”dan ustun keldi

Kecha bo‘lib o‘tgan ushbu jamoalarning asosiy tarkib qarama-qarshiligida “Olimpiya” jamoasi “Paxtakor”ni ushbu mavsumidagi ilk ochko yo‘qotishiga majbur qilgandi. Bugun esa yosh “olimpiyachilar” akalaridan farqli o‘laroq yosh “sherlar” ustidan g‘alaba qozonishning uddasidan chiqishdi. “Metallurg” klubi tarbiyalanuvchilari esa muvaffaqiyatli yurishini davom ettirishib, “Surxon” jamoasidan ham uch ochkoni “tortib olishdi”. Termizliklar uch turki faqat mag‘lubiyatga uchrashmoqda. O‘tkazilgan ikki o‘yinda to‘rt futbolchining maydondan chetlashtirilishi esa tur chiroyiga biroz soya soldi.

 

U-21. 3-tur.

17 mart, payshanba

 

METALLURG – SURXON – 1:0 (0:0).

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 37 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Husan Xudoyberganov, Mirjalol Orzidinov

Nazoratchi: Timur Abdullayev

Komissar: Shohruh Said

Gol: Daler Sharipov, 68 (1:0)

Ogohlantirishlar: Jasur Ashurov, 45+1, Ravshan Xayrullayev, 64 – Sharafiddin Shobirov, 8, Dilshod Rashidov, 71, Farhod Mamatqulov, 83

Chetlatish: Muhriddin Salohiddinov, 90+4, Humoyunshoh Sayyotov, 90+4 – Kamoliddin Ashurov, 90+4.

 

OLIMPIK – PAXTAKOR – 3:2 (1:0).

Toshkent. “Jar” stadioni. 123 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Choriyev, Nikita Afinogenov, Rustam Tog‘ayev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Alisher Fayziyev

Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 45 (1:0), Bektemir Abdumannonov, 62 (2:0), Shahriyor Jabborov, 72 (2:1), Muhammadali G‘iyosov, 79 (3:1), Shahriyor Jabborov, 86 (3:2)

Ogohlantirishlar: Sunnatulloh Hamidjonov, 21, Shaxzodbek Rahmatullayev, 58, Bektemir Abdumannonov, 75 –  Ruslan Roziyev, 12, Anvar Rashidov, 22 (murabbiy), Jasurbek Yoqubov, 25, Humoyunmirzo Iminov, 55

Chetlatish: Bexzod Shamsiyev, 90 – yo‘q.                     

mib
uzcard
cola
apex
bmb