Coca-Cola Superliganing 3-tur o‘yinlari boshlandi. “Metallurg” va “Surxon” uchrashuvida har ikkala jamoa tomonidan hujumlar, xavfli vaziyatlar qay darajada “mo‘l-ko‘l” bo‘lmasin, ularning birortasi darvoza to‘riga yo‘nalmadi. Ikkinchi bahsda ham durang qayd etildi. Bunda bir necha bor VAR tizimiga murojaat qilinldi. “Olimpik”dan Saidazamat Mirsaidov, “Paxtakor”dan esa Ikromjon Aliboyev raqiblariga nisbatan qo‘pol o‘ynagani VAR tizimi orqali isbotlandi va haqli ravishda qizil kartochkaga munosib topildi. Hatto Azizbek Turg‘unovning goli ham VAR kuzatuvidan keyin bekor qilindi. Shu tariqa “Paxtakor” uchinchi turga kelib aynan “Olimpik”ka qarshi o‘yinda dastlabki ochkosini yo‘qotdi.
Coca-Cola Superliga. 3-tur
16 mart, chorshanba
METALLURG – SURXON – 0:0
Bekobod. “Metallurg” stadioni. 3125 tomoshabin.
Hakamlar: Vadim Agishev, Husniddin Shodmonov, Obid Jumayev, Ravshan Abdivohidov
Nazoratchi: Temur Abdullayev
Komissar: Shohruh Said
“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Zabihillo O‘rinboyev (Islombek Isoqjonov, 87), Damir Temirov, Abrorbek Toshqo‘ziyev, Fozil Musayev, Ixtiyor Toshpo‘latov (Shahzodbek G‘ofurbekov, 88), Ibrohim Ibragimov (Jasur Xolto‘rayev, 64), Farruxbek Ibrohimov, Farhodbek Bekmuratov, Muhammadali Aliqulov
"Surxon": Shohruhjon Eshbo‘tayev, Zoir Jo‘raboyev, Bobirjon Akbarov, Javohir Sohibov, Baxtiyorjon Qosimov, Murodbek Bobojonov, Luis Migel (Abdul Aziz Yusupov, 80), Miroslav Markovich, Iqboljon Malikjonov, Tohirjon Shamsiddinov, Behruz Shaydulov.
Ogohlantirishlar: Abrorbek Toshqo‘ziyev (29), Aleksandr Lobanov (68) - Javohir Sohibov (13), Luis Migel (52), Iqboljon Malikjonov (68), Bobirjon Akbarov (81).
OLIMPIK – PAXTAKOR – 1:1 (1:1)
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 543 tomoshabin
Hakamlar: Elyor Tursunov, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Rustam Choriyev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Akobirxo‘ja Shukurullayev
VAR assistent: Jahongir Saidov
Komissar: Alisher Fayziyev
Gollar: Ruslanbek Jiyanov, 5 (1:0), Farruh Sayfiyev, 22 (1:1)
"Olimpik": Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, Muhammadqodir Hamraliyev, Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G‘iyosov, 80), Temur Mamasidiqov (Bektemir Abdumannonov, 68), Farruhbek Muxtorov (Davron Anvarov, 46), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Po‘latxo‘ja Holdorxonov, 77), Dostoonbek Tursunov (Eldorbek Begimov, 68), Muhammadaziz Ibrohimov, Shahzod Toirov, Abubakr Turdialiyev,
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Oleksey Larin, Ikromjon Aliboyev, Odiljon Hamrobekov, Azizbek Turg‘unboyev (Mirjahon Mirahmadov, 85), Dragan Cheran, Sardor Rashidov (Hojimat Erkinov, 64), Oliver Sharkich (Sardor Sobirxo‘jayev, 46), Kamen Xadjiyev, Farruh Sayfiyev
Ogohlantirishlar: Dostonbek Tursunov, 31, Farruh Muxtorov, 44, Davron Anvarov, 71, Shahzod Toirov, 90+1 - Odiljon Hamrobekov, 19
Chetlatish: Saidazamat Mirsaidov, 58 - Ikromjon Aliboyev, 17.