Coca-Cola Superliganing birinchi tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. So‘nggi kunga belgilangan ikki o‘yinning ikkalasida ham maydon egalari zafar quchishdi. Navoiydagi stadion ta’mirlanayotgani sabab vaqtinchalik Olmaliqdagi stadiondan foydalanayotgan “Qizilqum” “Lokomotiv” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Toshkent viloyati derbisi murosasiz va qiziqarli kurashlar ostida o‘tdi. Ilk daqiqalardanoq har ikkala jamoa o‘z omadini faqat hujumdan qidirganligi, muxlislarga tomoshabop o‘yinni taqdim etdi. Futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun, har bitta to‘p uchun keskin bahs olib borishdi. Yakunda AGMK mag‘lubiyatga uchradi. Bunda tarkibidagi ikki nafar futbolchining maydondan chetlashtirilganligi ham qaysidir ma’noda navoiyliklarga qo‘l keldi. O‘z navbatida o‘yin qahramonlaridan biri Aleksandr Lobanov bo‘ldi. U bir necha marta o‘ta xavfli vaziyatlarni bartaraf eta oldi.
Coca-Cola Superliga. 1-tur
4 mart, juma
QIZILQUM – LOKOMOTIV - 2:0 (0:0)
Olmaliq. OTMK sport majmuasi. 375 tomoshabin
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Aleksandr Davidenko
Gollar: Erkin Baydullayev, 57 (1:0), Aleksandar Stanisavlevich, 72-pen. (2:0)
"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Boburbek Yo‘ldoshev, Erkin Baydullayev, Sanjar Shoahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Orifxo‘ja Abduqodirov, 90+3), Aleksandar Stanisavlevich (Salim Mustafoyev, 87), Islom To‘xtaxo‘jayev, Sherali Jo‘rayev (Jasur Azimov, 73), Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Artyom Dmitriyev
"Lokomotiv": Abdumavlon Abduljalilov, Islomjon Qobilov, Alisher Salimov, Diyorjon Turopov, Kaxi Maxaradze, Hurshid Muhtorov, G‘ulom Haydar G‘ulomov (Sanjar Qodirqulov, 73), Muhammadanas Hasanov (Nurmuhammad Toshpo‘latov, 88), Igor Chikrizov (Etome Jerome, 57), Islom Rashidxonov (Dilshodjon Komilov, 88), Samuel Opex
Ogohlantirish: Boburbek Yo‘ldoshev, 78, Sanjar Shoaxmedov, 83 – yo‘q.
METALLURG – AGMK – 1:0 (1:0).
Bekobod. “Metallurg” stadioni. 5200 tomoshabin.
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Vladimir Nazarov.
Gol: Shohnazar Norbekov, 23-pen.(1:0)
“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov (Xudoyshukur Sattorov, 11), Zabixillo O‘rinboyev (Shahzodjon Ne’matjonov, 90+2), Shohnazar Norbekov (Jasur Xolto‘rayev, 70), Abrorbek Toshqo‘ziyev, Fozil Musayev (Damir Temirov, 70), Ixtiyor Toshpo‘latov, Ibroxim Ibragimov, Farruxjon Ibrohimov, Farhodbek Bekmurodov, Muhammadali Aliqulov,
AGMK: Valijon Rahimov, Akromjon Komilov (Mirg‘iyos Sulaymonov, 46), Sardor Rahmonov, Mirjamol Qosimov (Sanjar Tursunov, 46), Dilshodbek Ahmadaliyev, Abdulla Abdullayev, Xurshid G‘iyosov, Murodjon Toshmatov (Siyavash Haqnazarov, 46), Shohruh Gadoyev, Martin Baoke, Alisher Jalilov (Andrey Mishenko, 23, Iskandar Busimov, 90+2)
Ogohlantirishlar: Farhodbek Bekmuratov, 15, Ixtiyor Toshpo‘latov, 51, Jasur Xolto‘rayev, 81, Zabihillo O‘rinboyev, 83, Damir Temirov, 88, Aleksandr Lobanov, 90+2 - Mirjamol Qosimov, 26, Valijon Rahimov, 51, Sanjar Tursunov, 53.
Chetlatishlar: Yo‘q - Sardor Rahmonov, 20, Shohruh Gadoyev, 85.