Coca-Cola Superliga.“Paxtakor” mavsumni safardagi g‘alaba bilan boshladi

Coca-Cola Superliganing birinchi tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘tkazilgan uch uchrashuvdan faqat “Paxtakor” g‘alaba qozondi. “Sherlar” safarda to‘p surishlariga qaramay “Dinamo” darvozasiga javobsiz ikkita gol kiritishdi. “Goleador” Cheran bu mavsumda ham to‘purarlik qobiliyatini ishga sola boshlagan ko‘rinadi.   “Bunyodkor” va “So‘g‘diyona”  o‘yini ham shiddatli kechdi. Gol urishga har ikkala jamoada ham bir nechadan vaziyatlar bo‘ldi. Lekin vaziyatlarni golga aylantirish hech kimga nasib etmadi. Ayniqsa, Namangandagi o‘yin juda tomoshabop o‘tdi. Stadionni liq to‘ldirib o‘tirgan muxlislar gol ko‘rishmagan  bo‘lsada ajoyib futbolning guvohi bo‘lishdi. Har ikkala darvoza oldida yuzaga kelgan xavfli vaziyatlarning birontasi amalga oshmadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, Namangan va Samarqanddagi futbol mavsumining ochilish marosimi  chinakam tantanali tus oldi.  

 

 

Coca-Cola Superliga. 1-tur

3 mart, payshanba

 

DINAMO – PAXTAKOR - 0:2 (0:2)

Samarqand. “Dinamo” stadioni. 10895 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Shohrux Said

Gollar: Dragan Cheran, 31 (0:1), Hojimat Erkinov, 34 (0:2).

"Dinamo": Miloe Prekovich, Mixaylo Yovanovich, Ibrohim Yo‘ldoshev, Temurbek Ismoilov, Shokir Yo‘ldoshev (To‘lqin Ergashev, 67), Muzaffarjon Muzaffarov, Islom Sharipov (Saydullo Rahmatov, 63), Jasur Jumayev, Oybek Nurmatov (Faxriddin Alimov, 63), Aleksandar Glishich (Sahob Rashidov, 76), Evgeniy Chumak (Abdujamol Isroilov, 67).

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Aleksey Larin, Ikromjon Aliboyev, Odiljon Hamrobekov, Azizbek Turg‘unboyev (Oliver Sharkich, 86), Dragan Cheran, Hojimat Erkinov (Diyor Xolmatov,71), Kamen Xadjiyev, Jasurbek Yoqubov, Sardor Sobirxo‘jayev (Mirjahon Mirahmadov, 71), Farruh Sayfiyev

Ogohlantirishlar: Evgeniy Chumak, 40 – Jasurbek Yoqubov, 75.

 

NAVBAHOR – NASAF - 0:0 

Namangan. "Markaziy" stadion. 19720 tomoshabin.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR hakami: Ahrol Risqullayev

VAR assistenti: Ziyodulla Abdurahmonov

Komissar: Bekzod Aripov.

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger (Nurillo To‘xtasinov, 45), Azimjon Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Islom Kenjaboyev (Asadbek Sobirjonov, 63), Jamshid Boltaboyev, Igor Golban, Yovan Jokich, Davronbek Hoshimov, Stanislav Andreyev, Elguja Grigalashvili (Zoran Marushich, 63).

"Nasaf": Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saitov, Husayn Norchayev (Semir Samajlagiich, 84), Bahrom Abdurahimov (Suhrob Nurulloyev, 63), Shahzod Akramov (Ivan Solovyov, 63), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev (Alibek Davronov, 90+5), Marko Stanoevich, Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Davronbek Hoshimov, 63 - Sherzod Nasrullayev, 63, Husniddin Aliqulov, 63, Umidjon Ergashev, 84.

 

BUNYODKOR – SO‘G‘DIYONA - 0:0

Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 1001 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Husniddin Shodmonov, Obid Jumayev, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Mahmudjon Mahamadjonov, Davronjon Ergashev, Dilshod Jo‘rayev, Avazbek O‘lmasaliyev, Rasul Yo‘ldoshev (Umid Sultonov, 82), Usmonali Ismonaliyev, Umarali Rahmonaliyev, Suhrob Izzatov, Ibrohim Tomiva, Jahongir O‘rozov.

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shaykulov, Shahboz Jo‘rabekov, Boburbek Farhodov (Ayubxon No‘’monov, 46), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Marat Bikmayev, 58), Javohir Qahramonov, Luka Chermel, Yure Obshivach, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Avazbek O‘lmasaliyev, 31, Mahmudjon Mahamadjonov, 33 – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb