U-21 musobaqasi start oldi: ikkita o‘yin, ikkalasida ham mezbonlar g‘olib

Superliga jamoalarining o‘rinbosarlari – 21 yoshlilar musobaqasi ham start oldi. Kecha o‘tkazilgan Superliganing ikki o‘yinida faqat farg‘onaliklar yutuqqa erishgandi. Bugun esa ularning “ukalari” – U-21 jamoasi ham qo‘qonliklardan ustun kelib, dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi bahsda ham mezbonlar g‘olib bo‘ldi – “Olimpik” o‘z maydonida “Surxon”ni mag‘lubiyatga uchratdi. Vaholanki, o‘yinda birinchi bo‘lib mehmonlar hisobni ochgan va birinchi bo‘limni o‘z foydalariga hal etgandi. Ikkinchi bo‘limda yosh “olimpiyachilar” avvaliga hisobni tenglashtirishdi, uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalari so‘nggisida esa muhim ahamiyat kasb etgan g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

U-21. 1-tur.

3 mart, payshanba

 

NEFTChI – QO‘QON-1912 – 2:1 (0:0).

Farg‘ona. “Qirguli” stadioni. 176 tomoshabin.

Hakamlar: Lochin Dolimov, Shohruh A’zamov, Axror Rahmatov

Nazoratchi: Temur Abdullayev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Faxriddin Muhammadov, 56 (1:0), Saidakbar Umaraliyev, 65 (1:1), Faxriddin Muhammadov, 74 (2:1)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Muhsinjon Normatov, 59, Saidakbar Umaraliyev, 67, Asadbek Qurbonov, 90.

 

OLIMPIK – SURXON – 2:1 (0:1).

Toshkent. “Jar” stadioni. 57 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Sharofiddin Shobirov, 28 (0:1), Muhammadali G‘iyosov, 56 (1:1), Temur Mamasiddiqov, 90+4 (2:1)

Ogohlantirishlar: Sardorbek Mahmudov, 45, Jaloliddin Sodiqov, 54, Muhammadali G‘iyosov, 68 – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb