
Xabaringiz bor, O‘zPFL stadionlarda xavfsizlikni ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlik qiladi.
Bugun Milliy gvardiya xodimlarining yangi mavsumga tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi "Bunyodkor" stadionida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari va styuardlar ishtirok etdi. Kun davomida ularga stadionlarda xavfsizlikni saqlash va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar berildi. Mashqlar davomida ishtirokchilarda amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.