Ochiqlik indeksi-2021. O‘zbekiston Professional futbol ligasi taqdirlandi

Joriy yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik: davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

Mazkur seminar yakunida  2021-yil bo‘yicha “Eng shaffof nodavlat-notijorat tashkilotlari Top-20” ro‘yxatidan o‘rin olgan tashkilotlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Professional futbol ligasi ham taqdirlandi. Bunday e’tibor uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb