
AGMK-W jamoasi o‘z futbolchilarini O‘zPFLdan ro‘yxatdan o‘tkazishda birinchi bo‘ldi. Birin-ketin “So‘g‘diyona-W” va “Metallurg-W” jamoalari ham ro‘yxatdan o‘tdi. Xo‘sh, bu jamoalar tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz bergan?
AGMK-W jamoasi 11 nafar o‘yinchisini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bundan uch nafari – Gulchiroy Ibrohimova, Nilufar Qurbonalieva va Feruza Turdiboeva nihoyasiga etgan shartnomasini uzaytirdi. Jamoa o‘z tarkibiga erkin agent sifatida to‘rt nafar yangi futbolchini qo‘shib oldi. Bular – “Metallurg-W”dan Safina Rushaniya, Mohiraxon Jo‘raboeva va Ziyodaxon To‘lanboueva hamda “Navbahor-W”dan Nilufar Dadajonova. O‘rinbosarlar, ya’ni AGMK-2 jamoasidan ham to‘rt nafar yosh futbolchini asosiy tarkibga jalb etdi – Sevinch Qo‘chqorova, Leyla Rustullayeva, Leyla Oraniyazova va Aygerim Otenazarova. Ayni paytda jamoaning legioner o‘yinchisi – Qirg‘izistonning “Olg‘a” jamoasi vakili Aqiloy Sadiqova bilan xujjatlar rasmiylashtirishning so‘nggi bosqich ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, jamoani bir qator futbolchilar tark etgan: Mardona Almatova, Maftuna Panjieva, O‘g‘iloy Ilasheva, Dinora Turg‘unova, Kamila Zaripova. AGMK-W mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqich yig‘inini o‘tkazyapti. “So‘g‘diyona-W” jamoasi bilan kechgan nazorat uchrashuvida jizzaxliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. AGMK-W 23-fevralda “Lokomotiv-W”, 27-fevralda esa “Bunyodkor-W” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan.