“Metallurg-W”: yangi kelganlar bor, ketganlar ham kamchilik emas

Bekobodning “Metallurg-W” jamoasi bir qator futbolchilarini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazdi. O‘tgan mavsum bekobodliklar sharafini himoya qilgan Durdona Alieva, Muxlisa Mirzayorova, Aynur Daulbaeva, Barchinoy Eshmurodova, Diyora Jo‘raboeva, Madina Orziqulova, Nazima Kasimbekova bilan yana shartnomalar uzaytirildi. Boshqa jamoalardan ham futbolchilar taklif etildi. Jumladan, “Qizilqum-W”dan Zarina Boboeva va Farichehra Abduvohidova, “Paxtakor-W”dan Guljamol Normatova, AGMK-W dan Sarvinoz Shokirova, Nilufar Tursunboeva va Sharifa G‘opporova, “Buxoro-W”dan Charosxon G‘anieva, Shaxnoza Yusupova va Dinora Sadaqulova joriy yil yakuniga qadar belgilangan shartnomalarni imzolashdi. 

Shuningdek, shartnomasi yakuniga etgan, yangi mavsumda omadini boshqa jamoalarda sinab ko‘rishni niyat qilgan futbolchilar ham kamchilik emas. Bular – Ozoda Xojieva, Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova, Rushaniya Safina, Mohinur Jo‘raboeva, Ziyoda To‘lanboeva. Setora Takaboeva Turkiyaning “Trabzonsport” jamoasi bilan kelishgan bo‘lsa, Yulduz Hamdamova turmushga chiqib, oila qurishni ixtiyor etdi.

Jamoa tayyorgarlik ishlarining birinchi bosqichini yakunladi. 20 fevraldan boshlanishi rejalashtirilayotgan ikkinchi bosqich yig‘ini davomida AGMK-W, “Lokomotiv-W”, “Paxtakor-W” va “So‘g‘diyona-W” jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb