FIFA “Andijon” futbol klubidan transfer taqiqini olib tashladi

2021-yilning 20-dekabr kuni FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi “Andijon” futbol klubi va uning sobiq o‘yinchisi Predrag Vuyovich o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi.

Unga ko‘ra, “Andijon” futbol klubi Xalqaro Sport arbitraj sudining 2021-yil 28-iyuldagi qarori ijorisini ta’minlamagan. Ya’ni futbolchi oldidagi qarzdorlik bartaraf etilgan bo‘lsa-da, Predrag Vuyovich ishi bo‘yicha bir necha yil davom etgan sud harajatlari klub tomonidan qoplab berilmagan. Mazkur masala FIFA Tartib-intizom qo‘mitasida ko‘rib chiqilgach, klubga yanvar oyida transfer taqiqi belgilangan edi.

Kuni kecha “Andijon” bu boradagi moliyaviy muammoni bartaraf etdi va FIFAga hisobot yubordi.

Shu munosabat bilan FIFA “Andijon” futbol klubidan transfer taqiqini olib tashladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb