Ayollar chempionatiga 1-mart kuni qur’a tashlanadi

Yaqindagina e’lon qilingan taqvim rejaga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar chempionati Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. “So‘g‘diyona-W” — Bunyodkor-W” o‘rtasidagi mazkur bellashuv 19-mart kuni bo‘lib o‘tadi. 

Mavsumning 1-tur uchrashuvlari esa 24-mart kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zPFL taqvim tuzayotganda ayollar termasining CAFA musobaqasidagi ishtiroki hamda FIFA kunlarini inobatga olgan. 

Chempionatga qur’a 1-mart kuni tashlab beriladi. Jarayon O‘zPFL sahifalarida onlayn efirga olib chiqiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb