Futzal bo‘yicha mamlakat Birinchiligining birinchi tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Turning so‘nggi kungi uchrashuvlarida deyarli kutilmagan bahslar kuzatilmadi. . “Kogon-Oil-Star” ham, BMB ham raqiblarini yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchratishdi. Hatto “Qizilqum” ham o‘z hisobiga bitta yutuqni yozib qo‘ydi – navoiyliklar qo‘qonliklar ustidan farqli natijada ustun kelishdi. Shu tariqa “Kogon-Oil-Star” va BMB jamoalari o‘zaro o‘yinda durang qayd etishganini inobatga olmaganda boshqa o‘yinlarda muvaffaqiyat qozonishib, 7 ochkodan jamg‘arishdi. “Qizilqum” va “Dizak”da ham bir xil natijalar – 4 ochkodan, faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra navoiyliklar uchinchi pog‘onadan joy olib turishibdi. “Mash’al”da “Fidokor”dan olgan uch ochko bor, birgina “Fidokor” barcha o‘yinlarni boy bergan jamoa nomini olmoqda.
Futzal. Birinchi liga.
Toshkent. “Bunyodkor” s.m.
1-tur. Uchinchi kun. 13 fevral, yakshanba
FIDOKOR – QIZILQUM – 2:6 (1:3). 22 tomoshabin.
Hakamlar: Sanjar Nazarov, Ziyovuddin Erkinov, Azizjon Karimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Rustam Zuparov
Gollar: Anvarjon Abdulxaqov (7), Zikirillo Omonov (23), Ammoriddin Saidov (26-o‘z darv.) – Egam Hakimov (9, 10), Laziz Rahmatullaev (14), Asadbek Yo‘ldoshev (31), Bahromjon Shokirov (38)
Ogohlantirishlar: Anvarjon Abdulxaqov (34), Xabibullo Rasulov (38) – yo‘q.
MASh’AL – BMB – 2:14 (0:7). 38 tomoshabin.
Hakamlar: Ilhom Abdulakov, Azizjon Karimov, Shakat Muhiddinov
Nazoratchi: Faxriddin Murodov
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Shohruz Bo‘riev (32) – Asli Muhammadiev (2), Sunnat Qurolov (3, 38, 40), Odiljon Asomov (5, 15, 29, 31, 31, 36), Doniyorbek Tohirov (10), Shaxzodjon Saidov (10, 31), Shohruh Salimov (18), Aziz Mamatov (34-o‘z darv.)
Ogohlantirishlar: Shohruz Bo‘riev (28) – Doniyorbek Tohirov (28).
DIZAK – KOKON- OIL-STAR – 0:9 (0:5). 16 tomoshabin.
Hakamlar: Shavkat Muhiddinov, Furqat Azizov, Ilhom Abdullakov
Nazoratchi: Valentin Shashkov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gollar: Firdavs Ravshanov (5, 39), Bexruz Samiev (13, 13), Doniyor Saidov (13, 24), Islom Xoliqov (23), Sohib Narzullaev (24, 29)
Ogohlantirish: Yo‘q - Shohjahon Shonazorov (20).