
Olmaliqning AGMK futbol klubi “2022-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da ko‘rsatilgan talablarni birinchilardan bo‘lib bajarishga erishdi.
Bugun — 2-fevral kuni AGMK uch tomonlama imzolangan klub smetasini hamda klub bosh direktorini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazdi. Endilikda klub bosh direktorining shu klub futbolchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat etiladi.