Futzal. “Paxtakor” mag‘lubiyatsiz uch o‘yindan besh ochko to‘pladi

Futzal bo‘yicha Jizzax va Olmaliq shaharlarida tashkil etilgan 6-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Uchinchi kungi bahslar ham qiziqarli kurashlarga boy bo‘ldi. “Neftchi”ning “Maksam-Chirchiq”ni, “Navbahor”ning “Bunyodkor”ni engishini ancha-munchasi bashorat qilmagan bo‘lsa kerak. Ikki kundan beri ochko yo‘qotib, yetakchilardan sezilarli farqda ortda qolgan “Lokomotiv”ning bugun ham ikki ochkodan “quruq” qolishini kim ham o‘ylabdi deysiz.

Xullas, bu turda ochko yo‘qotmagan birgina “Huaxin-Jizzax” jamoasi bo‘ldi. Jizzaxliklar uchala uchrashuvda ham yirik natijalar qayd etishdi va peshqadamlikka ko‘tarilib olishdi. Eng qizig‘i, “Huaxin-Jizzax”ning bugun “Metallurg”ga qarshi o‘yinida viloyat hokimi, jamoaning hujumchisi Ergash Saliyev maydonga tushdi. Hatto gol muallifi bo‘lishiga ham bir bahya qoldi. Uning penaltidan tepgan to‘pini bekobodliklarning mohir darvozaboni Akmal Hazratqulov qaytarishga erishdi.

Birorta ham ochko ishlay olmagan jamoa “Bunyodkor” – uch uchrashuv, uchalasi ham mag‘lubiyat. Birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan jamoaga “Paxtakor”ni ham misol qilish mumkin. “Sherlar” ikkita o‘yinda durang va bittasida g‘alaba qozonishdi.  Har kungi o‘yinlarda bittadan durang qayd etildi, shundan ikkitasi “Paxtakor”ga tegishli bo‘ldi.

Shu tariqa turnir jadvalining birinchi pog‘onasini 42 ochko bilan “Huaxin-Jizzax” band etdi. AGMK jamoasi jizzaxliklardan atigi bir ochko ortda boryapti. Uchinchi o‘rinni egallab turgan “Lokomotiv” esa olmaliqliklardan to‘rt ochkoga qolib ketdi. Uch o‘yindan to‘rt ochko jamg‘argan “Dinamo” (8 ochko) autsayderlikni tark etdi, so‘nggi pog‘onani esa 7 ochko bilan “Stroitel-Zarafshon” jamoasi  “egallab” turibdi.

 

Futzal. Oliy liga. 6-tur.

Uchinchi  kun. 21 yanvar, juma

 

Jizzax. “So‘g‘diyona” sport majmuasi.

HUAXIN-JIZZAX – METALLURG – 6:1 (2:1). 103 tomoshabin.

Hakamlar: Murodxon A’zamjonov, Sanjar Rahmonov, Jamoliddin Qosimov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Dilshod Rahmatov (6), Davron Choriyev (16), Husniddin Nishonov (21, 32), Ixtiyor Ropiyev (22), Abbos Elmurodov (38) – Farhod Qodirov (4-pen.)

Amalga oshirilmagan penalti: Ergash Saliyev (36, “Huaxin-Jizzax”)

Ogohlantirish:  Yo‘q – Sanjar Ziyoxonov (8).

 

MAKSAM-ChIRChIQ – NEFTChI – 4:5 (3:2). 50 tomoshabin.

Hakamlar: Jahongir Allayev, Furqat Azizov, Askarbay Arzibekov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Bekzod Jumaboyev (2, 18), Ravshan Abdujabborov (3-o‘z darv.), Javlon Anorov (20, 31) – Rashidjon Jabborov (7, 37), Shuhratbek Rashidov (13), Shohjahon Hasanov (29)

Ogohlantirish: Yo‘q – Shuhratbek Rashidov (34).

 

NAVBAHOR – BUNYODKOR – 4:3 (2:2). 30 tomoshabin.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Farruh Muzaffarov, Bekzod To‘lqinov

Nazoratchi: Sherali Allayev

Komissar:  Jamshid Imamov

Gollar: Hakimjon Abdurashidov (4), Ilhom Yusubjonov (9, 40), Farhodjon Shokirov (39) – Olimjon Voxidov (3), Xayrullo Solixov (4, 33)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

Olmaliq. “OTMK” sport majmuasi.

NASAF – STROITELЬ-ZARAFShON – 3:1 (1:0). 28 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Aziz Karimov, Ziyovuddin Erkinov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Shohruh Norqulov (7), Oybek Polvonov (32), Mamasharif Xalimov (39) –  Shuhrat Ma’murov (28)

Ogohlantirishlar: Akbar Abrayev (20), Mamasharif Xalimov (30) – yo‘q.

 

AGMK – DINAMO – 5:1 (3:0). 34 tomoshabin.

Hakamlar: Ziyovuddin Erkinov, Adham Rixsiboyev, Aziz Karimov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Davlat Ibrohimov (4, 30), Abdulla Solixov (12, 25), Avazbek Abduvaliyev (13) – Mehroj Xudoyberdiyev (35-pen.)

Ogohlantirish: Yo‘q – yo‘q.

 

LOKOMOTIV - PAXTAKOR – 2:2 (1:0). 83 tomoshabin.

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Husniddin Bahodirov, Adham Rixsiboyev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Akbar Usmonov (38) – Muhammad Zoirov (9-o‘z darv.), Sevastyan Mojayev (27), Konstantin Sviridov (40)

Amalga oshirilmagan penalti: Dilmurod Shavkatov (29, “Lokomotiv”)

Ogohlantirishlar: Dilmurod Shavkatov (23) – Alisher Ibrohimov (29).

mib
uzcard
cola
apex
bmb