Ayollar jamoalariga ajratiladigan mablag‘lar taqsimoti. AGMK-W misolida

Ayollar chempionatida ishtirok etuvchi Oliy liga jamoalarining Superliga klublari qoshida faoliyat yuritishini aytib o‘tgan edik. Demak, ayollar jamoalarining moliyaviy xarajatlari ham bosh klub tomonidan ta’minlanadi. Mavsum boshida ayollar jamoalari uchun klub yillik smeta belgilaydi. Aytaylik, AGMK-W jamoasining 2021-yil uchun klub tomonidan belgilagan smetasi 2 milliard 170 million so‘mni tashkil qilgan. Ilhom Xanjariyev bosh murabbiyligidagi ayollar jamoasi esa yil davomida 1 milliard 782 million so‘m sarflagan. Vaholanki, AGMK-W mavsum davomida bir nechta musobaqalarda kurash olib bordi, aksariyatida muvaffaqiyatlarga erishdi.

AGMK-W jamoasi Oliy ligada 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 30 ochko bilan kuchli beshlikdan joy oldi. Ayollar birinchiligida AGMK-W II jamoasi 14 ta o‘yindan 35 ochko to‘plagan holda birinchi  o‘rinni egalladi (farm klub maqomida bo‘lgani bois Oliy ligaga yo‘llanma ikkinchi o‘rindagi “Neftchi-W” jamoasiga berildi), 16 yoshlilar jamoasi O‘zbekiston U16 chempionati guruh o‘yinlarida peshqadam bo‘ldi, musobaqaning uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida esa “Bunyodkor-W U16”ni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi, O‘zbekiston futbol assotsiasiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan 14 yoshlilar musobaqasida Toshkent viloyati vakillari bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi, mazkur jamoa tarkibini aynan AGMK-W U14 jamoasi o‘yinchilari tashkil etdi.
Oliy liganing barcha ayollar jamoalariga shu tariqa mablag‘ ajratiladi. Gap faqat shu mablag‘ning miqdorida, o‘sha miqdorning qanchasi jamoaga taqdim etilgani va undan qay tariqa foydalanganligida qolmoqda.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb