“Stroitel-Zarafshon” shartli ravishda Oliy ligada qoldi

“Stroitel-Zarafshon” klubining moliyaviy qiyinchiliklar sabab futzal bo‘yicha Oliy liga bahslaridagi ishtirokini davom ettira olmasligi tog‘risida ma’lumot berilgan edi. 

“Stroitel-Zarafshon” klubi moliyaviy muammolarga echim topilayotgani sababli O‘zPFLga 2022-yilning 10-yanvar sanasida mavsumning 2-qismida qatnasha olmasligi to‘g‘risida yuborilgan xatini bekor qilishni so‘rab murojaat qildi. 

Shuni inobatga olib, jamoaning mamlakat chempionati hamda kubok uchrashuvlarida to‘liq ishtirok etishi kafolatlanlanishi sharti bilan “Stroitel-Zarafshon”ga Oliy ligada qolishga ruxsat berildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb