Futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 5-tur o‘yinlari 13–15-yanvar kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Muxlislar nafaqat turning, balki chempionatning markaziy uchrashuvlaridan birini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 14 yanvar kuniga belgilangan taqvim o‘yinida chempionatning to‘rtinchi turi yakuni bo‘yicha bir xil ochko (30 tadan) to‘plab, etakchilar qatorida borayotgan AGMK va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.
Ayni paytda to‘rtinchi turdan keyin AGMK o‘n bitta uchrashuvdan 30 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilyapti. Olmaliqliklar birgina “HUAXIN-Jizzax” jamoasiga imkoniyatni boy bergan. “Lokomotiv” esa to‘rtinchi turga qadar yuz foizli natija bilan keldi va aynan shu turda AGMKdan mag‘lubiyatga uchradi.
Har ikkala jamoa tarkib borasida bir-biridan kam emas, ikkalasida ham terma jamoa vakillari hamda amaldagi chempion futzalchilar to‘p surishadi. “Lokomotiv”da Akbar Usmonov, Mashrab Adilov, Dilmurod Shavkatov, Ravshan Eliboev kabi tajribalilar yig‘ilgan bo‘lsa, AGMKda Rustam Umarov, Sunnat Jo‘raev, Avazbek Abduvaliev kabi mahoratli futzalchilar jamlangan.
Oliy liga doirasidagi so‘nggi 5 ta o‘zaro uchrashuv
“Lokomotiv” – AGMK 1:5
“Lokomotiv” – AGMK 0:9
AGMK – “Lokomotiv” 3:0
“Lokomotiv” – AGMK 5:6
AGMK – “Lokomotiv” 3:1.