2021 yilning “Eng yaxshi...” futbolchisi Eldor Shomurodov, murabbiyi esa Ro‘ziqul Berdiev

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi va o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “UZ Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kongressning eng muhim qarori yaqin o‘tmishning futbol yulduzi, milliy terma jamoamizning ko‘p yillik etakchisi, futbolchilik faoliyatini yaqindagini yakunlagan Odil Ahmedovning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentligiga saylanishi bo‘ldi. Kongressda shuningdek, O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga besh nafar yangi a’zo tasdiqlandi. Bular, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shaabduraxmonov, O‘zbekiston Respublikasining Turizm va sport vaziri birinchi o‘rinbosari Avaz Karimov, “O‘zbekneftgaz” Aktsioner Jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Kamilov, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xodjaev.

“ZO‘R TV” telekanali binosida tashkillashtirilgan taqdirlash marosimida quyidagi nominatsiyalar g‘oliblari e’lon qilindi va taqdirlandi:

O‘zbek futboli nuroniysi - Axbor IMOMXO‘JAEV, Sport jurnalistikasi darg‘asi, o‘zbek sport  sharhlovchiligining asoschisi.

Fidoyilik ramzi - Sadri NOSIROV, 77 yoshni qarshi olgan bu inson  60 yildan buyon Samarqanddagi “Dinamo” stadioni maysasini parvarish qiladi.

Jasorat sovrini - O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi, Eron mezbonlik qilgan surdlipiya o‘yinlarining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi saralashida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va kelasi yil Braziliya mezbonlik qiladigan yozgi surdlimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eng yaxshi futbol jurnalisti - Faxriddin Ro‘ziev, “Championat.asia”sayti jurnalisti.

Eng yaxshi hududiy assotsiatsiya - Qoraqalpog‘iston FA

Muxlislar mehri - "Andijon" fan-klubi

Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi - Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax” klubining bosh murabbiyi.

Yilning eng yaxshi futzalchisi - Dilshod Rahmatov, Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan.

Ayollar Oliy ligasining to‘purari - Diyora Xabibullaeva, “So‘g‘diyona-W” jamoasi safida joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi.

Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi murabbiyi - Sherali Boboqulov, “So‘g‘diyona-W” jamoasi bilan birgalikda Oliy Liga oltin medali va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.

Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi - Diyora Xabibullaeva, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi va “So‘g‘diyona-W” jamoasi a’zosi.  

Pro liganing eng yaxshi futbolchisi - Marko Obradovich, “Neftchi” klubining joriy mavsumda 19 ta o‘yinida ishtirok etib, 12 ta gol kiritgan holda jamoani Superligaga qaytishiga katta hissa qo‘shdi.

Minnatdorchilik ramzi - Ravshan Jo‘raev, Pro liga translyatsiyalari uchun Uzreport TV va Futbol TV telekanallari bosh direktori.

Yilning eng yaxshi hakami - Ilgiz Tantashev,  2021 yilda Osiyo chempionlar ligasi, Jahon chempionati saralashining eng muhim uchrashuvlari, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Kuvayt chempionatlari bahslarida ishlagan hakam.

Coca-Cola Superligasining eng chiroyli goli - Bilolxon Toshmirzaev, 16-tur doirasidagi “Lokomotiv” va “Turon“ uchrashuvida mehmonlar futbolchisi maydon markazidan kiritilgan goli uchun.

Coca-Cola Superligasi-2021 to‘purari - Dragan Cheran , “Paxtakor” a’zosi, 16ta gol bilan chempionat to‘purariga aylandi.

Coca-Cola Superligasining eng eng yaxshi murabbiyi - Piter Xyuistra, Coca-Cola Superligasining ushbu mavsum chempioni va O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi.

Coca-Cola Superligasining eng yaxshi futbolchisi - Husayin Norchaev,  “Nasaf” safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi,  O‘zbekiston kubogi sohibi.

Eng yaxshi yoshlar murabbiyi - A’zam Sherg‘oziev, AGMK U-21 jamoasi bosh murabbiyi, mamlakat chempioni.

Yosh yulduz - Husayin Norchaev, O‘zbekiston milliy va U-23 terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi futbolchisi.

Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi - Ilhom Hanjariev, AGMK-W  hamda ayollar futboli bo‘yicha yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi - Dildora Nozimova, “Bunyodkor” ayollar jamoasi bilan birgalikda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib qildi.

O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi - Ro‘ziqul Berdiev, “Nasaf” klubi OFK kubogining finaligacha etib bordi, mamlakat kubogining g‘olibiga aylandi.

Coca-Cola Superligasi-2021 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon - O‘tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar - Marko Kolakovich ("So‘g‘diyona"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf")

Yarim himoyachilar - Erkin Baydullaev ("Qizilqum"), Dragan Cheran ("Paxtakor"), Sanjar Tursunov (AGMK)

Hujumchilar - Husayn Norchaev ("Nasaf"), Azizbek Amonov ("Lokomotiv"), Shohruz Norxonov ("So‘g‘diyona")

Bosh murabbiy: Ulug‘bek Baqoev ("So‘g‘diyona").

O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi - Eldor Shomurodov,  O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb