O‘zPFL Coca-Cola Superliga-2021 ning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.
UZ Football Awards marosimi-2021
Coca-Cola Superliga. Eng yaxshi murabbiy bo‘lishga nomzodlar:
Ro‘ziqul Berdiev (“Nasaf”) — O‘zbekiston Superkubogi ishtirokchisi, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi sohibi
Piter Xyuistra (“Paxtakor”) — O‘zbekiston Superkubogi sohibi, Coca-Cola Superliga chempioni, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi finalchisi
Ulug‘bek Baqoev (“So‘g‘diyona”) — Coca-Cola Superliga vitse-chempioni
Mirjalol Qosimov (AGMK) — Coca-Cola Superliga bronza medali sohibi
Eslatib o‘tamiz, UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.