
O‘zPFL ayollar Oliy ligasining 2021 yilgi mavsumida eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlarni e’lon qildi.
UZ Football Awards marosimi-2021
Ayollar Oliy ligasi. Eng yaxshi murabbiy bo‘lishga nomzodlar:
Elmira Gulyamova (“Bunyodkor-W”) — O‘zbekiston Superkubogi sohibi, Oliy liga vitse-chempioni, O‘zbekiston kubogi finalchisi
Bahrom Norsafarov (“Sevinch”) — Oliy liga bronza medali sohibi
Sherali Boboqulov (“So‘g‘diyona-W”) — Oliy liga chempioni, O‘zbekiston kubogi sohibi.
Eslatib o‘tamiz, UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.