O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan noyabr oyida Superligada 3 ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.
Noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Piter Xyuistra (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 10-3
Luisma Ernandes (“Metallurg”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat to‘plar farqi 4-2
Viktor Jalilov (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 5-4
Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) – 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 7-3
Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”) — 3 o‘yin, 3 gol (2 tasi penaltidan), 7 marotaba darvoza tomon aniq zarbalar
Sherzod Temirov (“Paxtakor”) — 2 o‘yin, 3 gol, 4 marotaba darvoza tomon aniq zarbalar
Husain Norchaev (“Nasaf”) — 4 o‘yin, 3 gol, 4 marotaba darvoza tomon aniq zarbalar
Hurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”) — 3 o‘yin, 3 gol, 1 assist, 89 ta aniq pas, 10 yakkakurashlar
Martin Boake (AGMK) — 3 o‘yin, 3 gol, 9 marotaba darvoza tomon aniq zarbalar
Noyabr oyining eng chiroyli goliga nomzodlar
Muhammadkarim Toirov (AGMK – “Andijon” uchrashuvida kiritgan goli)
Shohruh Gadoev (AGMK – “Andijon” uchrashuvida kiritgan goli)
Alibek Davronov (“Nasaf” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)
Abbos G‘ulomov (“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritilgan gol)
Muhammadanas Hasanov (“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)
Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona” – “Nasaf” uchrashuvida kiritgan goli)
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.
O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi.
Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi. Mazkur havola orqali noyabr oyining eng yaxshilarini aniqlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz.